Muzrabot tumanida nazorat ostidagi shaxslarga sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Muzrabot tumani hokimligi binosida sayyor sud majlisi bo‘lib unda JIB Muzrabot
tuman sudining raisi I. Shaymanov, tuman IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari O‘. R. Shukurov,
tuman prokuraturasi tergovchisi J. Elov va probatsiya guruhi katta inspektori T.
A. Ergashevlar ishtirok etib unda tuzalish yo‘liga o‘tgan qilmishining huquqiy axamiyatini
tushunib yetgan 9 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan va 1 nafar muayyan
huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan jami 10 nafar nazoratdagi shaxslar O‘zbekiston
Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinib,
probatsiya nazoratidagi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
07.08.2024 yildagi "Probatsiya to‘g‘risida"gi 938-son Qonun targ‘iboti
o‘tkazildi. Bundan tashqari nazoratda turganlarga kelgusida qayta jinoyat sodir
etishining oldini olish maqsadida kasbga o‘qish va tadbirkorlik qilish niyati bo‘lganlarga
sektor rahbari tomonidan tushunchalar berildi.