21 Mart 2022 yil 369

Muzrabot tumanida, "Navro‘z" bayrami munosabati bilan nazoratdagi shaxslarning besh nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi

Muzrabot tumani IIB binosida jinoyat ishlari buyicha Muzrabot tuman sudining raisi T.Abduraimov tomonidan tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib, jazo muddatini o‘tayotgan 5 nafar nazoratdagi shaxslarga nisbatan "Navro‘z" umumxalq bayrami arafasida insonparvarlik tamoyili qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazo muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech