Muzrabot tumanida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi
Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra joriy yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar Surxondaryo viloyatida amalga oshiriladigan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Muzrabot tuman bo‘limi, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi hamda Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi hamkorligida ishsiz fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu yarmarka, avvalo, kambag‘allikni qisqartirish va
probatsiya nazoratidagi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, mehnat yarmarka doirasida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat o‘tkazildi hamda 2 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.