24 Fevral 2023 yil 210

Muzrabot tumanida “Maqsadimiz yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”  shiori ostida  “Yoshlar festivali”  o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2023-yil 13-yanvardagi kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar jangovar shayligi va jangovar tayyorgarligini takomillashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23 vefral’ kuni Muzrabot tumanidan harbiy-vatanparvarlik ruhida “Yoshlar festivali” bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida 3 ming nafardan ortiq tuman yoshlari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafon o‘tkazildi. Shundan so‘ng joylarda viloyat IIB boshlig‘ining kubogi uchun  Sportning volebol, milliy kurash, arqon tortish, qo‘lda kuch sinashish  tosh ko‘tarish, kamondan o‘q otish turlari bo‘yicha musobaqalarga start berildi.  Murosasiz bahslarda 830 nafar yoshlar o‘z jimoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Musobaqalar  yakunida  jami bo‘lib 72 nafar g‘olib va sovrindorlar munosib tarzda rag‘batlantirildi.

Tadbir so‘ngida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 12 nafar yoshlarga asbob-uskuna, 12 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezerfi xarajatlari uchun pul mablag‘lari va zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 10 nafar yoshlarga to‘lov badallarini qoplab berish sertifikatlari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech