23 Yanvar 2025 yil
317
Muzrabot tumanida kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi
Kuni kecha Muzrabot tumani hokimligi majlislar zalida, tuman prokurori hamda tuman IIB boshlig‘i rahbarligida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilish davomida,
mas’ul tashkilot xodimdari ishtirokida, e’lon qilingan "Dolzarb 2 oyik"
tadbiri doirasida belgilangan topshiriqlar
ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
Bundan tashqari kiberjinoyatga qarshi kurash va bu turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholini uning qo‘rboni bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish aholining barcha bo‘g‘in qatlamlarini qamrab olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.