Muzrabot tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan M.Aning ota-onasi ishtirokida muhokama yig‘ilish o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyat
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga Muzrabod tumanida yashovchi
voyaga yetmagan M.Aning oilaviy nizolar sababli, ota-ona o‘zaro kelishmovchiligi
ortidan farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi sababli, voyaga yetmagan
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganligi, nazoratsiz va qarovsiz qolganligi uchun joylashtirilgan.
Voyaga yetmagan M.A. ismli qiz bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, psixologik
yordam ko‘rsatildi. Kelgusida jinoyat sodir etmasligi va jinoyat qurboni bo‘lishini
oldini olish maqsadida, voyaga yetmaganning ota-onasi ishtirokida Muzrabod tumani
bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasida yig‘ilish muhokamasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar
ishlari bo‘limi boshlig‘i F.Raxmonov tuman xotin-qizlar masalasi bo‘yicha hokim
o‘rinbosari M.Ashurova, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish
markazi psixologi kapitan M.Jo‘raeva, tuman
inson ijtimoiy xizmatlar markazi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mudiri,
mahalla yettiliga hamda faollari, nuroniy va oqsoqollar, maktabning o‘qituvchilari
ishtirokida voyaga yetmagan M.Aning kelgusi ta’lim tarbiyasi va oilaviy sharoitini
doimiy o‘rganish maqsadida, tuman hokimi o‘rinbosari so‘zga chiqib, oilaviy yashash
sharoitini doimiy ravishda nazoratga olinishi, oiladagi nosog‘lom muxitni o‘rganib
chiqilishi farzandini muqim bir joyda yashashini ta’minlash yuzasidan mahalla xotin-qizlar
faoli murabbiy etib biriktirilib, onasi F.Bga himoya orderi berilishi haqida qaror
qabul qilindi.
Shuningdek, M.Aning
markazdan ketganidan so‘ng ta’lim tarbiyasi muntazam ravishda o‘quv mashg‘ulotlariga
qatnashishini markaz xodimlari tomonidan VMning 490-sonli qaroriga asosan manitoring
qilinishi va oilasini, doimiy ravishda yashash sharoitini nazoratga olib borilishi
tuman profilaktika inspektoriga biriktirilib, voyaga yetmaganning qarovsiz va nazoratsiz
qolganligi sababli yoshlar yetakchisiga nisbatan xulosa berilishi ta’kidlandi.
Muhokama so‘ngida
nazoratsiz va qarovsiz yurganligi sababli uning otasiga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasida belgilangan
talablar bo‘yicha jarima jazosi tayinlanib, farzandining kelgusi taqdiriga befarq
bo‘lmasligi haqida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.