30 Oktyabr 2024 yil 287

Muzrabot tumanida IIB tomonidan otaliqqa olingan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i asosida Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida joylashgan 22-sonli o‘rta maktabi tuman IIB boshlig‘iga biriktirilgan. Unga asosan maktabda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular uchun zarur sharoitlar yaratish, qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda mazkur maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi o‘qituvchisi, Milliy gvardiyaning mas’ul xodimlari, tuman IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar ishlari bo‘yicha inspektori, profilaktika inspektori hamda maktab direktori va o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda faollik ko‘rsatgan o‘quvchilarga tuman IIB boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek mas’ullar maktabdagi yaratilgan sharoitlar, o‘tkazilayotgan fan va sport to‘garaklari bilan tanishdilar.

Text to speech