15 Avgust 2025 yil 287

Muzrabot tumanida ichki ishlar bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2025-yil 14-fevral kuni Yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek Ichki Ishlar organlarida Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar organlari rahbarlariga 17689 nafar yoshlar biriktirilgan.

Jumladan Muzrabot tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkir Shukurovga tuman IIBdagi og‘ir toifa ro‘yxatida turuvchi 8 nafar yoshlar biriktirilgan. Ushbu biriktirilgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi.

Yoshlarni hunarga o‘rgatish tuman bandlik bo‘limi mas’ul xodimiga ishga joylashtirish bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etish va yoshlar qiziqish bildirgan ishga joylashtirish yuzasidan kelishildi. Kelgusida ushbu toifadagi yoshlarni huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida, profilaktik suhbatlar ham o‘tkazildi.

Text to speech