30 Avgust 2022 yil 423

Muzrabot tumanida Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan seminar tashkil etildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,  hududiy boshqarmalari hamda tuman-shahar bo‘limlari tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–561-son Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tegishli mutaxassislar bilan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qonunning ijrosini taminlash maqsadida Muzrabot  tumani hokimligida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman Adliya bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, tuman IIB homkorligida  xotin -qizlar faollari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarda Qonunining ahamiyati, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tushunchalar berib  o‘tildi.

Text to speech