Muzrabot tumanida yoshlar o‘rtasida “Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat kubogi” uchun voleybol sport musaboqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Voleybol federatsiyasi raisi Ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu sport turini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish orqali yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida, joylarda voleybol musaboqalari o‘tkazib kelmoqda.
Jumladan Surxondaryo viloyatida
ham ushbu sport turini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 13-avgust kuni sportning
voleybol turi bo‘yicha U-14 kichik o‘smirlar o‘rtasida Muzrabot tumanida “Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat kubogi” sport
musaboqasi tashkil etildi.
Ushbu musaboqa shiddatli hujumlarga
boy bo‘lib, hayajonli va qizg‘in ruhda o‘tdi. Unda tumanlardan ishtirok etgan yoshlar
jamoalari munosib qatnashib
1-o‘rinni Muzrabot tumani, 2-o‘rin
Qiziriq tumani, 3-o‘rin Sherobod tumani jamoalari faxrli o‘rinlarni qo‘lga
kiritishib, estalik savg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Tashkil etilgan voleybol musobaqasi yoshlar orasida do‘stlik va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.