22 Dekabr 2024 yil
597
Muzrabot tumanida aholi salomatligi uchun “Siz kelmang o‘zimiz boramiz!” tamoyili asosida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Muzrabot tumani IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov tashabbusi bilan o‘ziga biriktirilgan "Oriyat" mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar uchun “Siz kelmang o‘zimiz boramiz!” tamoyili asosida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘kazilgan fuqarolarda aniqlangan kasalliklar
yuzasidan mutaxassislar maslahati berilib,
davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.
O‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning ahamiyati
shundaki, insonlarning doimo sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishi va sog‘lom bo‘lib
yurishi uchun xizmat qiladi.
Malakali shifokorlar yotib qolgan bemorlar holidan xabar olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali davolash choralarini ko‘rishdi.