23 May 2021 yil 591

Muzrabot tumanida 2021 yil g'alla hosilini nes-nobud qilmay o'rib-yig'ib olish bo'yicha ko'rgazmali seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Tashkil etilgan seminarda Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari viloyat IIB boshlig'i Abduvohid Salomovich, viloyat hokimi o'rinbosari Usmon Yangiboevichlar ishtirok etishdi.
Joriy yilgi hosil uchun 293 ta fermer xo'jaliklari tomonidan 11200 gektar maydonda boshoqli don ekinlari ekilgan.
Shuningdek, g'alla o'rim-yig'im mavsumini sifatli o'tkazish maqsadida 13 ta o'rim otryadlari tashkil etilib, 26 ta o'rim kombaynlari, 110 ta yuk avtomobili, ko'chma ustaxona, yonilg'i tashish transporti, har bir otryadga bittadan ko'chma dam olish xonalari biriktirilgan.
Muzrabot tumanida g'alla hosilini yig'ib olish uchun tuzilgan har bir otryad rahbari va mexanizatorlar uchun otryad rahbariga 2 mln so'm mexanizatorlarga 1.5 mln so'm pul, 1 qopdan un, piyoz, kartoshka, guruch, 5 litrdan yog'va 60 donadan tuxum mahsulotlari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech