Muzrabot tumani IIBda "Vatanparvarlik oyligi" davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" shiori ostida joriy yilning 1 avgustidan 1 sentabriga qadar "Vatanparvarlik oyligi" deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Muzrabot tumani IIBda "Vatanni sevmoq iymondandir" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tashkil etilgan tadbirda, Muzrabot tuman imom xatibi noibi A.Shukurov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Xolto‘raev, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi N.Abduraximovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan N.Abduraximov Respublikamizda joriy etilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik tanlovi va ushbu ko‘rik tanlovining bugungi va kelajak avlod uchun ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida Sh.Xolto‘raev tomonidan tuman IIB kutubxonasi uchun badiiy oid kitoblar sovg‘a qilindi.