Muzrabot tumani IIBda Faxriylar kengashining hisobot saylovi hamda Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining
2024 yil 25 may kunidagi “Viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonun
buzulish holatlarining oldini olishga qaratilgan Intizom oyligini o‘tkazish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 51-son Farmoyishida viloyat IIB tarkibiy tuzilmalari hududiy bo‘linmalarida
joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar “Qonuniylikni ta’minlash va temir
intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi bois, Muzrabot tumani IIB shaxsiy tarkibi
bilan tuman hududi yashovchi Ichki ishlar organlari xizmatidan nafaqaga chiqqan
va uzoq yillik tajribaga ega faxriylar bilan “Uch avlod” uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi Akrom Sharofiddinov
va tuman IIB Faxriylar kengashi raisi hamda a’zolari ishtirok etishdi. Tadbirda
faxriylar orasida faol bo‘lganlar qimmatbaho sovg‘alar va boshqarma boshlig‘ining
faxriy yorligi bilan taqdirlandi. Shuningdek, Respublika IIO xodimlari tomonidan
sodir etilayotgan salbiy holatlar va bugungi kunda yaratilayotgan shart-sharoitlar
haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.
Faxriylar tomonidan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish yuazsidan takliflar berilib, yosh xodimlarga pand-nasihatlar qilindi.