11 Yanvar 2025 yil 615

Muzrabot tumani IIBda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” hamda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining o‘ttiz uch yilligi" munosabati bilan davlatimiz sarhadlarini ishonchli himoya qilinishi, jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlash borasida mas’uliyat va sharaf bilan xizmat qilib kelayotgan Muzrabot tumani IIB sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida sportning voleybol  turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Muzrabot tumani IIB 1-jamoasi, 2-o‘rinni tumanning Bolalar sport maktabi jamoasi, 3-o‘rinni Muzrabot tumani IIB 2-jamoalari qo‘lga kiritdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar mutasaddilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech