Muzrabot tumani IIB mas’ullari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun “Vatanparvarlik” tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan
otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy dunyoqarashini
yuksaltirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Muzrabot tumanidagi
3-sektor hududida joylashgan At-Termiziy mahallasidagi 31-sonli umumta’lim maktabida
otaliqqa olingan yoshlar bilan tuman IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosari mayor N.G.Norqobilov va boshqa bir qator tashkilotlar bilan
hamkorlikda “Vatanparvarlik” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda makatabning 117 nafar
bitiruvchi o‘quvchilari va kasb-xunar maktabining 43 nafar o‘quvchilari hamda Otaliqqa
olingan yoshlarga harbiy mutaxassislar tomonidan harbiy taktik ko‘rgazmali chiqishlar
bilan birga harbiy qurol-aslahalar namoyish etildi.