Muzrabot tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportni ommalashtirish muntazam ravishda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib borishmoqda. Bugun o‘tkazilgan sport mashg‘ulotida sportning qo‘l jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil atletika, og‘ir atletika, suvda suzish, sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali shaxsiy tarkibning tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona tezkorlik bilan qo‘llash usullari amalda bajarildi.
Yuqoridagi sifatlar esa xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.