Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ning joriy yil 10 fevral kunidagi tegishli ko‘rsatmasida belgilangan reja-grafik ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 18 fevral kuni Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limida, Muzrabot tumani 58-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida,
o‘quvchilar Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘linmasi, Navbatchilik qismi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish
bo‘linmasi, bo‘lim huzuridagi tergov guruhi faolyati hamda ma’naviyat-ma’rifat xonasi,
Vatanparvarlik burchagi bilan yaqindan tanishtirildi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarini
qiziqtirgan savollarga soha mutaxasislari tomonidan javoblarni olishdi.
Tadbir ishtirokchilariga
kelajakda biror-bir salbiy holat ya’ni huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik natijasida
jabrlanuvchiga aylanib qolmasliklarini oldini olish yuzasidan mutaxasislar tomonidan
tegishli ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirishdan iboratdir.