18 Mart 2022 yil 505

Muzrabot tumani 3-sektor hududida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

Muzrabot tumani IIB binosida tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda "Ishga marhamat" tadbiri doirasida “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi.
Ushbu mehnat yarmarkada, tumandagi korxona va tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, tumanda istiqomat qiluvchi, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar hamda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya hisobida turib hozirgi kunda jazo muddatini o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar qatnashdi.
Tashkil etilgan mehnat yarmarkada, ishsiz yurgan fuqarolar maoshlari va ish vaqtlari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan ish joylariga ega bo‘lishdi. Misol uchun tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya hisobida turgan I.Rasulov tumandagi "Beshqo‘ton Fayz-qurilish invest" MCHJga ishchi vazifasiga, G‘.Allayorov esa “At-Termiziy” mahallasiga aholi punktlarini obodonlashtirish ishchisi vazifasiga qabul qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech