27 Sentyabr 2024 yil 180

Muzrabot tumani 3 sektor hududida ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda baxtli va barkamol yoshlarni tarbiyalash davlatning ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgilab olingan.

Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan va barchamizning hayotimiz mazmuniga aylangan “Inson qadri uchun!”-degan, bebaho tamoyil aynan shu maqsad ro‘yobiga ham xizmat qiladi- desak, xato bo‘lmaydi.

Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish, bilib - bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolganlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlash, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishdan qaytarish barchamizning vazifamizdir.

Shu munosabat bilan Muzrabot tumani 3-sektor rahbari tumani IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, tumanning "Yurtim jamoli" mahallasida yashovchi otaliqqa olingan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, madaniy xordiq chiqarishlari uchun tadbir tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar tomonidan sahna chiqishlari, diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. O‘z iste’dodlarini namoyish etgan yoshlarga sektor rahbari O‘.Shukurov tomonidan badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.

Bu boradagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech