11 Iyul 2024 yil 366

Muzrabot tumani 3 sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar muammolariga ijobiy yechim topilmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, ularda vatanga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantishga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, Surxondaryo viloyati miqyosida o‘z aksini topmoqda.

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ham tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘.Shukurov tomonidan sektordagi otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida, jinoyatchilikning oldini olish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman 3-sektor hududidagi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilib, bu boradagi say’i harakatlar o‘z yechimini topmoqda.

Jumladan, tumanning 3-sektor hududida joylashgan mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ish rejalari va dasturlar ishlab chiqilib, bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Text to speech