Muzrabot tumandagi “Otaliqqa olingan yoshlar” Ekspert-kriminalist sohasi bilan yaqindan tanishishdi.
Muzrabot tuman 1 sektor hududida
viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limiga biriktirilgan “Otaliqqa olingan yoshlar”
hamda profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
ma’naviy ma’rifiy salohiyatini yuksalitirish, huquqiy va kitobxonlik savodxonligini
oshirish, ijtimoy qo‘llab quvvatlash maqsadida, tumanning “Navro‘z” mahallasi hududida
joylashgan 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Surxondayo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Jasur Pardaev,
tuman hokimi Abdurashid Ismoilovlar ishtirokida, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika
bo‘limi hamda viloyat IIB Maxsus otryad xodimlari tomonidan sohaga oid ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbirda, “Otaliqqa olingan yoshlar”
kriminalistika sohasi hamda amaliyotda foydalanadigan asbob-uskunalar, texnikalar
bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga
mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.