11 Fevral 2025 yil 511

Muzrabot tuman sektor rahbarlari Shaffof mahallasida tungi o‘rganishlar olib borishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi PQ-01-sonli Qarori hamda Surxondaryo viloyati prokurori va viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida 2024 yil 25 dekabr kunida "Jinoyatchilikni oldini olish  va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish" yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriklar ijrosini ta’minlash maqsadida, Muzrabot tumanidagi qizil toifa sirasiga kiritilgan “Shaffof” mahallasida tungi xizmatga jalb qilingan huquqtartibot organlari xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida, mahalla hududidagi ko‘chalarni yoritish chiqroqlari bilan ta’minlash, aholi turar joylari va savdo nuqtalarini kameralashtirish ishlari bo‘yicha amalga olshirilgan ishlar yuzasidan aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan mahallar yettiligi a’zolariga tegishli vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, turli ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomalar berilib, aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Text to speech