Muzrabot tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-son Qaror ijrosini ta’minlash ishlari muhokama qilindi.
Bugun Muzrabot tumani hokimligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda "Mahalla yettiligi" ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz
muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini
yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi doirasida
mahallalarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Qarorda belgilab berilgan vazifalar
va bu boradagi ishlarni sust darajada olib borayotgan qizil toifadagi mahallalar
yettilik a’zolari faoliyati tanqid qilinib, ularga tegishli tartibda intizomiy choralar
ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.
Yig‘ilishda mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.