Muzrabot tuman kasb-hunar maktabida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tumanda qizil toifaga kiritilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi ichki ishlar organlarida alohida toifadagi hamda Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda,
tuman IIB boshlig‘i, ta’lim muassasa rahbarlari, idora va tashkilotlar, Yoshlar
ittifoqi, mahalla yettiligi ishtirok etishdi.
Dastavval, tuman
kasb-hunar maktabi faoliyati bilan o‘rganishlar olib borildi.
Kasb-hunar maktabida
hozirgi kunda 5 ta (Chilangarlik, Tikuvchilik, Payvandlash, avtomobillarni ta’mirlash,
traktorchi-mashinist) yo‘nalish bo‘yicha 357 nafar o‘quvchilar tahsil olib kelmoqda.
Maktabda 23 nafar tajribali o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan
zamonaviy texnologiyalar asosida puxta bilim va kasb sirlari o‘rgatilib kelinmoqda.
Shundan so‘ng,
qizil toifadagi yoshlarning muammolari o‘rganilib, murojaatlari qabul qilindi.
Uchrashuv davomida,
yoshlar tomonidan uy-joy olish uchun subsidiya ajratish, tadbirkorlik faoliyatlarini
yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun kredit mablag‘lari olish, ishga joylashish,
tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun tikuv mashinkasi, o‘t o‘rish apparati,
yog‘och kesish apparati, probatsiya nazoratidan muddatidan ilgari ozod qilish va
boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim izlandi.
O‘z muammoli
masalalariga yechim izlab kelgan 78 nafar yoshlarning 40 ga yaqin murojaatlari
tinglanib, 9 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 13 nafariga huquqiy
tushuntirishlar berildi.
O‘rganish uchun
muddat talab etilgan 18 ta murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan
nazoratga olingan bo‘lsa 18 ta murojaat mazmunan ko‘rib chiqilish uchun tegishli
tashkilot va idoralarga yuborildi.
Shuningdek, uchrashuv
davomida, ishsiz bo‘lgan yoshlardan 1 nafariga yog‘och kesish apparati, 3 nafariga
o‘t o‘rish apparati, 1 nafariga o‘simliklarga dori sepish apparati va bir nafar
nogironligi bor shaxsga nogironlik aravachasi hamda 12 nafar yoshlarga kitoblar
to‘plami topshirildi.
Yoshlar bilan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan
asosiy maqsad esa kelgusida ushbu toifadagi yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlash,
ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali bandligini ta’minlash, jinoyat
va huquqbuzarlik yo‘liga kirishining oldini olishga qaratilgandir.