21 Aprel 2025 yil 678

Muzrabot tuman IIBda voleybol federatsiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaxshilash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Mazkur tizimli ishlarning uzviy davomi Muzrabot tuman IIBda sportchi o‘qituvchi va yoshlar bilan yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishni tuman IIB boshlig‘i kirish so‘zi bilan ochib, voleybol sport turini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mamlakatimiz nufuzli musobaqalariga mezbonlik qilayotganligi, eng muhimi voleybol xalqimiz orasida ommalashib borayotganligi e’tirof etildi.

Shundan so‘ng Muzrabot tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Raxmonov, Muzrabot tumani sport maktabi direktori S.Raxmonova, Muzrabot tumani voleybol federatsiyasi ijrochi deriktori O.Jo‘raevlarning ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, mazkur tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalariga tantanali start berildi.

Yig‘ilish so‘ngida respublika musoboqalarida faxrli o‘rinni olib kelgan yoshlar estalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech