30 Dekabr 2022 yil
348
Muzrabot mol bozorida bezorilik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Muzrabot tumanida 2022 yil 18 dekabr kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, 4 dekabr kuni soat 11.30 larda, tumaning “Muzrabot darvoza” mahallasida joylashgan “Zang” chorva mollar bozorida, shu tumanda yashovchi, J.Soatmurod (ism shariflar o‘zgartirilgan), jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan Sherobod tumanida yashovchi, M.Toirni o‘zaro janjallashishi oqibatida, uni qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan. 18 dekabr kuni J.Soatmurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati