9 Iyul 2025 yil 164

Muzrabot hamda Sherobod tumanlarida jinoyatchilikni jilovlash, barvaqt oldini olish ishlari muhokama qilindi

Kuni kecha Muzrabot va Sherobod tuman ichki ishlar bo‘limlarida 2025 yilning 6 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Uchqun Yakubov hamda mutasaddilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Har bir mahalladagi yettilik vakillari hamda profilaktika inspektorlari “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak!” shiori asosida ish yuritishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belginib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech