6 Sentyabr 2025 yil 397

“Muzeylar haftaligi” doirasida, IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari muzeylarga sayohat qilishdi

2–8-sentabr kunlari yurtimizda “Muzeylar haftaligi” doirasida joriy yilning 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari Arxeologiya hamda Tarix va madaniyat muzeylariga sayohat uyushtirildi.

Sayyohat davomida, o‘quvchilar yurtimizning qadimiy-tarixiy yodgorliklari, boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishishdi. Muzey eksponatlari orqali O‘zbekiston hududida qadimdan mavjud bo‘lgan sivilizatsiyalar, qadimgi shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Xususan,  Kushon podsholigi davriga oid nodir artefaktlarni ko‘rib, bu davrda yurtimizda ilm-fan, san’at va iqtisodiyotning yuksak taraqqiy etganligi, Surxondaryo vohasi qadimiy Kushon madaniyatining markazlaridan biri bo‘lganligi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bu kabi sayyohatlar yoshlar ongida Vatanimiz tarixiga qiziqishini yanada oshirish bilan birga milliy qadriyatlarimizni chuqur anglashga xizmat qiladi.

Text to speech