21 Avgust 2023 yil 253

Muzey xodimlari bilan jinoyatchilikning oldini olish maqsadiga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyida saqlanib kelinayotgan tarixiy va qimmatbaho noyob buyumlarning soz va xavfsiz saqlanishi hamda ushbu eksponatlarning talon-taroj qilinishining oldini olish, qolaversa tashrif buyuruvchi sayyohlarga hushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatilishi, xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik B.Xidirov va mas’ul xodimlar tomonidan Arxeologiya muzeyi ishchi xodimlari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday huquqbuzarliklarni oldini olish va hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar kelishib olindi.

Text to speech