Muzrabot tumanida “Proflaktik” hisobda turuvchi shaxslarning muammolari o‘rganildi
Muzrabot tumani IIBda hisobda turuvchi shaxslarning muammolari tuman sektor rahbarlari, tuman sog‘liqni saqlash, tuman aholi bandlikga ko‘maklashish markazi hamda MFY raisi va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘rganilganda 50 nafar fuqarolarning muammolari borligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan Murabot tumani hokimligida “Proflaktik” hisobida turuvchi shaxslarning muammolarini bartaraf etish masalasida viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov huzurida o‘rganilgan muammolar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 50 nafar “Proflaktik” hisobda turuvchi shaxs qatnashdi. Ulardan 4 nafarining muammolari yig‘ilish davomida ijobiy hal qilib berildi. 1 nafar fuqaroning oilaviy nizosi bartaraf etilib, oila yarashtirildi va profilaktik suhbat olib borildi. 14 nafar fuqarolarning davolanish maqsadida qilgan murojaatlari tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklatildi.
8 nafar fuqaro ishsizlik muammosi bilan qilgan murojaati esa tuman aholi bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari zimmasiga yuklatildi. Yig‘ilishda o‘z-o‘zini band qilish maqsadida, kredit yuzasidan qilingan murojaatlar tumandagi hokim yordamchilari zimmasiga yuklatildi. Yig‘ilish davomida, mutaxassisligi bo‘lmagan fuqarolarga tuman aholi bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari bilan hamkorlikda mutaxassislikka o‘qitish yuzasidan o‘quv markazlariga yo‘llanmalar berildi.