18 Aprel 2024 yil 200

Mutaxassis-psixologlar tomonidan IIV Akademiyasi kursantlari bilan psixologik davra suhbati tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan joriy yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantlariga psixologik davra suhbati tashkil etilib, ulardan psixologik testlar olindi.

Unda yosh xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida mutaxassis-psixologlar tomonidan amaliyot davomida kursantlar duch kelishi mumkin bo‘lgan xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Text to speech