Mutaxassis psixologlar tomonidan IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilariga seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo
Akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasidagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish hamda
ularning o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ruhiy-emotsional
barqarorligini saqlashga doir seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tashkil etilgan seminar-trening
mashg‘ulotida o‘quvchi yoshlarning psixologik bilim saviyasini oshirish, ularning
psixologik salomatligini ta’minlash, o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlardan tashqari
vaqtlarda ruhiy-emotsional barqarorlikni saqlash hamda litseydagi ma’naviy-ruhiy
muhitni o‘rganishga doir amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratildi.
Shuningdek, yosh avlodni har tomonlama kuchli, baquvvat,
barkamol qilib voyaga yetkazishga barchamiz mas’ulmiz.