Mutaxassis-psixologlar tomonidan Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB Saf bo‘linmalari PPX bataloni shaxsiy tarkibi o‘rtasida ma’naviy-ruhiy muhit o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik
ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning
tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat IIB JXX JTSB Saf
bo‘linmalari PPX bataloni shaxsiy tarkibi
o‘rtasida ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnomalar olindi.
Bunda asosiy e’tibor, jamoalardagi
ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibi o‘rtasidagi munosabatlar,
yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarning xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlariga
yaqindan ko‘maklashish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini
olish, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, oilaviy-maishiy muammolarini
o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.
Bu kabi psixologik tadbirlar mutaxassislar
tomonidan barcha shaxsiy tarkib xodimlari bilan davom ettirilmoqda