27 Avgust 2021 yil
486
"Mustaqillikning 30 yillik" bayrami munosabati bilan surxondaryolik 6 nafar shaxs afv etildi.
Joriy yilning 27 avgust kuni "mustaqillikning 30 yillik" bayrami munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida"gi tegishli Farmoniga muvofiq, surxondaryolik 6 nafar (3 nafar diniy ekstrimistik oqimga aloqador shaxslar hamda 3 nafar jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan jinoyat sodir etgan) shaxslar jazoni ijro etish manzil koloniyalaridan ozod etilib, o'z yashash manzillariga qaytarildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati