1 Sentyabr 2021 yil 482

Mustaqillik sharofati bilan aholiga munosib tuhfa topshirildi

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida ijtimoiy soha va boshqa ob'ektlarini foydalanishga topshirilishi an'anaga aylanmoqda.
Ana shunday ob'ektlardan biri Sherobod tumani 3-sektor hududidagi "Istiqbol" mahallasida joylashgan 82-sonli oilaviy poliklinikasining foydalanishga topshirilishi bo'ldi.
Bugun, 1-sentabr kuni ushbu oilaviy poliklinikaning ochilish marosimida 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari M.Choriev, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i A.Sobirov, tegishli mas'ullar va mahalla faollari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.
Tuman markazidan 26 km olisda joylashgan "Istiqbol" mahallasidagi ushbu tibbiyot maskaniga 327 000 000 (uch yuz yigirma etti million) so'm mablag'ajratilib, pudratchi "Osiyo Qurilish Group" MCHJ tomonidan joriy yilning may oyida qurilish ishlari boshlangan bo'lsa, bugungi kunda esa mazkur ob'ekt Istiqlolimizning 30 yilligiga tuhfa sifatida kapital rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Endilikda 50 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy usulda jihozlangan ushbu tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 82-sonli oilaviy poliklinikasida 3 nafar oliy toifali shifokorlar hamda 21 nafar o'rta tibbiyot xodimlari "Istiqbol" mahallasida istiqomat qiluvchi 3448 nafar aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatadi.
Bu bilan aholiga shu erning o'zida tezkor birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Tibbiyot muassasasini tantanali foydalanishga topshirish marosimida aholi tomonidan, muhim muammolarni hal etishda va aholiga qulaylik yaratishdagi xizmatlari uchun davlatimiz rahbariga, sektor rahbarlariga chuqur minnatdorlik bildirildi.

Text to speech