8 Avgust 2022 yil 319

Murojaat, muloqot va yechim

Joriy yilning 2 avgust kuni Sho‘rchi tumanining «Oqkamar» mahallasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Iqboliddin Ketmonov hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari M.Otaxo‘jaev, A.Chulibaev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolarning gaz va ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘ligini tiklab olish, imtiyozli kredit, moddiy yordam olish hamda ishga joylashish kabi masalalar bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida sog‘ligini tiklanishida amaliy yordam so‘ragan H.Usmonova bepul shifoxonaga yotqiziladigan bo‘ldi. Nodira Abdunazarovaning uy qurib olish uchun so‘ragan yordami ham ijobiy hal etildi.

-To‘g‘risini aytsam, qabulga kelishdan avval murojaatim yechim topmasa kerak deb o‘ylagandim, - deydi N.Abdunazarova. –  Barakat topishsin, murojaatim ijobiy hal etildi. Uy qurib olishim uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari berildi.

Text to speech