14 Yanvar 2022 yil 590

Munosiblar taqdirlandi

Termiz shahridagi san'at saroyida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda vohadagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari, huquq tartibot idoralari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari To'ra Bobolov tomonidan Prezidentimizning bayram munosabati bilan yo'llagan tabrigi o'qib eshittirilgach, viloyatimiz tinchligi uchun xizmat qilayotgan jonkuyar xodimlar, harbiy xizmatchilar bilan birga, hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta'minlashda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlaridan bir guruhi faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech