8 Avgust 2023 yil 880

MUNOSABAT "TEMIR INTIZOM MUVOFFAQIYaT GAROVI"

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 20 yanvardagi PQ–10-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda g‘oyaviy va turli axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, fuqarolik burchi 

va konstitutsion majburiyatlarini sadoqat va fidoyilik bilan vijdonan bajarishga yo‘naltirish maqsadida,  Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.  Ichki ishlar organlarida “temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, bu borada yo‘lga qo‘ygan ijobiy amaliyotlari hamda yangi tashabbuslarini ommalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish va ushbu jarayonlarga jamoatchilikni keng jalb etish, har bir xodim bilan “xodimbay” individual ishlash tizimi asosida samarali ish tashkil qilib, aniqlangan muammolarni bevosita eng quyi tuzilmalarning o‘zida birinchi rahbarlar tomonidan hal etishni nazarda tutuvchi amaliyotni rivojlantirish, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori mas’uliyat hissini shakllantirishdan iborat.

 

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni komandirining Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha urinbosari podpolkovnik O.X.Narkabilov

Text to speech