Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish yo‘lida
Surxondaryoda 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan mulkiy jinoyatlarning oldini olish, moddiy-tovar boyliklarni ishonchli himoyalash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquq-tartibotni yanada mustahkamlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Boysun tumanidagi Obi, Tuzbozor va Ariq usti mahallalarida olib borilgan navbatdagi uchrashuvlarda aholiga qo‘riqlash sohaning afzalliklari, xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ob’ekt va xonadonlarga o‘rnatiladigan qo‘riqlov hamda yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari xususida tushunchalar berilib, ishlash tizimi ko‘rsatib o‘tildi.