Muhimi — sayyohlar xavfsizligini ta'minlash
Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi yo'l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan Termiz tumanida joylashgan al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga fuqarolarni tashish maqsadida belgilangan yo'nalish bo'ylab harakatlanuvchi taksi haydovchilari bilan "harakat xavfsizligini ta'minlash hammamizning burchimiz" mavzusida targ'ivot-tashviqot ishlari olib borildi.
Unda ziyoratgohga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash hamda viloyat hududiga sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida ziyoratgoh atrofida faoliyat yuritayotgan savdo-sotiq do'konlarida ishlayotgan sotuvchilariga "SOVID-19" kassaligini tarqalishini oldini olish, savdo do'konlarida sotilayotgan buyumlar narxlarining asossiz ravishda oshirilmasligi ta'kidlandi. Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish borasida viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash xodimlari bilan bevosita hamkorlik o'rnatilgan holda faoliyat olib borishlari yuzasidan tushuntirish berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati