1 Aprel 2024 yil 260

Muborak Ro‘za-i ramazon kunlari keksa yoshdagi nuroniylar e’zozlanib, ularga ehtirom ko‘rsatildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari, polkovnik Timur Ismailov tashabbusi bilan Muzrabot tumani Yakkatol mahallasida istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi faxriy va nuroniylar e’zozlash, ularga ehtirom ko‘rsatish, madaniy va ma’naviy xordiq olishlarini ta’minlash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sayohat tashkil etildi.

Tashkil qilingan sayohat asnosida, dastlab keksa yoshdagi faxriy va nuroniylar muqaddas ziyoratgohlar Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy”, “Sulton Saodat” majmualari, Termiz shahridagi “Hakim At-Termiziy” jome’ masjidiga borilib, o‘tgan avliyo va mo‘min musulmonlar haqqiga qur’on tilovat qilindi. Qilingan ziyoratlar davomida, ushbu qadamjolarda mangu qo‘nim topgan ajdodlarimizning avlodlar uchun ham dunyoviy, ham diniy ta’limotlariga qo‘shgan hissalari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, sayohat davomida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tashrif buyuruvchi sayyohlarga yaratilayotgan qulayliklar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Text to speech