23 Yanvar 2023 yil
388
Muqaddam jinoyat sodir etgan shaxs yonidan giyohvand moddasi borligi aniqlandi
Termiz shahrida olingan tezkor ma’lumotga asosan, 2023 yil 12 yanvar kuni soat 15-10 larda, Termiz tumanida yashovchi, muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, Probatsiya hisobida turuvchi E.Erkin (ism shariflar o‘zgartirilgan) Termiz shahar “Farhod” mahallasi hududida joylashgan oshxona yonida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganida, uning yonidan sof vazni 1,31 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. 16 yanvar kuni E.Erkinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati