14 May 2022 yil 305

MTTda targ‘ibot ishlari amalga oshirildi

Ilmiy manbalarga asosan inson 7 yoshgacha bo‘lgan davrda olgan bilimlari umri davomida mustahkam malaka hosil qilarkan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi "Ta’lim muassalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta’minlash maqsadda Termiz shahridagi 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Axborot xizmati katta mutaxassisi leytenant Elnur Abrayev tomonidan bolajonlarga yo‘l harakati qoidalari tushuntirilib, targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng tarbiyalanuvchilar ishtirokida velomarafon o‘tkazildi. O‘ylaymizki, bolajonlarning bugungi olgan bilimlari asosida mustahkam ko‘nikma va malaka hosil bo‘ldi.
Text to speech