27 Aprel 2024 yil 342

MTM tarbiyalanuvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi “Sehrli qasr” nomli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbirlari davomida, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining avtobus va maxsus texnikalari yordamida Termiz shahridagi “Vatanparvarlik bog‘i”ga olib borilib, bog‘dagi texnikalar va yo‘l belgilari haqida kerakli tushunchalar berib o‘tildi. 

Text to speech