26 Yanvar 2022 yil
441
Moskvalik qochqin qo'lga tushdi
Arsen.Z ismli shaxs Rossiya Federasiyasi Moskva shahrida ro'yxatda turib, Sariosiyo tumanidagi "billur" mahallasida yashardi. Ammo, u jinoyatga qo'l urdi. 2021 yil noyabr oyida, O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochishga urinadi. Unga nisbatan qidiruv e'lon qilinadi.
Arsen.Z. 2022 yil 9 yanvar kuni Toshkent shahri hududida aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi IIV xodimlari va viloyat IIB JQB tezkor vakili tomonidan ushlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati