24 Mart 2021 yil 554

Mo'may pul topish ilinjida jinoyatga qo'l urishdi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 14 mart kuni tumanning Sharg'un shahrida faoliyat ko'rsatuvchi "Sharg'unko'mir" AJning Xitoy bo'limi mas'ul xodimi tuman Ch.G. IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 13 mart kuni tumanning "Sharofobod" mahallasida joylashgan AJning Xitoy bo'limiga tegishli bo'lgan 2 dona narxi 17 790 000 (o'n etti million etti yuz to'qson ming) so'mlik akkumulyatorlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'rilik jinoyatini shu tumanda yashovchilar aktsionerlik jamiyati ishchilari u.S., Yo.O. hamda B.A.lar oson va mo'may pul topish maqsadida sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. Mazkur holat yuzasidan, 17 mart kuni u.S., Yo.O. hamda B.A.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech