28 Mart 2021 yil 518

Mo'may daromad ilinjidagi o'g'ri qo'lga tushdi

Uzun tumanida 2021 yilning 10 mart kuni tumanning "erkinlik" mahallasida yashovchi, X.A. va tumanning "Tojikobod" mahallasida yashovchi, S.N.lar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 7 mart kunidan 8 mart kuniga o'tar kechasi X.A.ga tegishli tumanning "O'zbekiston" mahallasida joylashgan zargarlik ustaxonasidan noma'lum shaxs narxi 10.400.000 (o'n million to'rt yuz ming) so'mlik 400 gramm kumush taqinchoqlari hamda 9 mart kunidan 10 mart kuniga o'tar kechasi S.N.ga tegishli tumanning "Do'stlik" mahallasida joylashgan qassobxonasidan narxi 2.800.000 (ikki million sakkiz yuz ming) so'mlik 50 kg. go'sht mahsulotlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilishgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatlarni tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchilar o.T. va B.Sh.lar tomonidan oson yo'l bilan moddiy manfaat ko'rish maqsadida sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalillar olingan. 19 mart kuni o.T. va B.Sh.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi. 2-3-qism "a,v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech