27 Yanvar 2021 yil 757

Mo'may daromad ilinjida

Viloyat IIB TEQKB va mg xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida Denov tumanida yashovchi Sh.T.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaligi ko'zdan kechirildiganda hovlisida turgan o'rindiqning ostki qismida sof vazni 15,65 gramm bo'lgan "marixuana" giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Shundan so'ng, surishtiruvlar jarayonida Sh.T. ushbu giyohvandlik moddasini tanishi tumanning "Sunbula" mahallasida yashovchi N.S.dan sotib olganligini ma'lum qiladi. Holat yuzasidan tadbir davom ettirilib, shu kuni soat 18.00 da N.S. o'zi yashaydigan mahalla hududida sof vazni 21,37 gramm bo'lgan "marixuana" giyohvandlik moddasini Sh.T.ga sotgan vaqtida ushlandi va ashyoviy dalil olindi.
Qing'ir ishning ortidan mo'may daromad topish niyatida bo'lgan bu ikki fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech