26 Yanvar 2022 yil
564
Mol o'g'risi topildi
Bandixon tumanidagi "obikor" mahallasida yashovchi B.Sh. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 8 yanvar kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs, molxonasidan 4.000.000 so'mlik 1 bosh qora molini o'g'irlab ketganligini bildiradi. Ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Boysun tumani "Inkabod" mahallasida yashovchi I.N. sodir etganligi aniqlandi. Ashyoviy dalillar olingach, I.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati